«Matematika tizimli fikrlaşga örgatadi» – Erkinjon Karimov ilm-fandagi yutuq va muammolar haqida
|20:58 / 18.02.202013 70313 min
ÖzFA Matematika instituti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi Erkinjon Karimov özbekistonlik taniqli matematik olimlardan hisoblanadi.
Erkinjon Karimov / "Fikrlar çorrahasi" körsatuviErkinjon Karimov / "Fikrlar çorrahasi" körsatuvi
Ummon sultonligining Sulton Qabus universitetida ilmiy safarda bölib turgan olim suhbat davomida ilm-fanga berilayotgan e'tibor, xususan, matematika fani rivojiga bölgan ijobiy özgarişlarga munosabat bildirdi.
Şuningdek, u ilm va ta'limdagi mavjud muammolarga ham töxtalib, ularni hal etişda noreal usullardan foydalanmaslik zarurligini aytib ötdi.
– Qaratilayotgan e'tibor natijasida ilm-fanga munosabat va yondaşuv özgaryaptimi?
– Albatta, özgariş bor. Avvalo, prezident şaxsan ajratib ta'kidlagani uçun matematikaga barça darajadagi amaldorlarning munosabati özgardi. Yondaşuv esa asta-asta şakllanyapti.
Innovatsion rivojlaniş vazirligidagi mas'ullar bu borada yurtimizning barça darajadagi matematiklari bilan muloqotga kirişgan. Ulardan mamlakatimizda matematikani rivojlantiriş böyiça takliflarni olişmoqda, maxsus işçi guruhlar bu takliflarni saralaş böyiça iş olib borayotganiga guvohman. Yaqin orada buning natijalarini körib qolsak kerak.
Bu borada qilinişi kerak bölgan işlar köp. Vaqt tiğiz deb şoşilinç ravişda xulosalar qiliş yaramaydi. Şu sababli qandaydir noreal muddatlar qöyib, turli «yöl xaritalari» işlab çiqişdan uzoqroq bölgan ma'qul deb öylayman.
Endi umuman, ilm-fanga bölgan e'tiborni, bu borada qilinayotgan özgarişlar haqida gapirsak, dinamika yetarli emasdek tuyulyapti.
Prezident barça jabhalarda, jumladan, iqtisodiyotda ham ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanişni talab qilyapti. Olinayotgan ilmiy natijalarni tijoratlaştiriş vazifalari qöyilyapti.
Manfaatdor vazirliklarning mas'ullari ÖzFA ilmiy-tekşiriş instituti xodimlari bilan şaxsan uçraşuvlar taşkil qilayotgani haqida OAVlarda köp öqiyapman. Ijro hokimiyati olimlar tomon qadam taşlagandek, lekin barça ilmiy tekşiriş institutlarida ham tijoratlaştirişga, amaliyotga tatbiq etiş uçun tayyor, jahon miqyosida raqobatbardoş işlanmalar bormi? Bunga aksariyat hollarda ha deb javob bera olmaymiz.
Lekin tayyor işlanmalarniyam yetarliça samarali tijoratlaştiriş mexanizmida ham nuqsonlar bor. Bu – byurokratik xarakterdagi tösiqlar, davlat korxona-taşkilotlaridagi eskiça munosabat hamda ba'zi hollarda korrupsion manfaatlar körinişida namoyon bölayotgani açinarli hol. Bunda endi olimlarning aybi yöqligi aniq.
Xullas, ikki tomonda ham samarali hamkorlik yölida qiladigan işlar köp. ÖzFA tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlarining budjet ta'minotiga ötkazilişi bu jarayonga yaxşigina ijobiy turtki beradi deb öylayman. Davlat uçun dolzarb bölgan yönalişlarda ilmiy-tadqiqotlar olib boriş, ilmiy natijalarni samarali tijoratlaştiriş natijasida davlat ilm-fanga ajratadigan mablağlar töliq özini oqlay boşlaydi. Boşida bunday bölmasligi aniq, çunki hali ilmiy-tadqiqot institutlarimiz zamonaviy laboratoriya jihozlariga ega bölişi, malakali mutaxassislarni tayyorlab ulgurişi, hozirda faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarning ilmiy yönalişlarini özgartirişlariga ham vaqt, ham moliyaviy mablağ zarur böladi. Asosiysi – şu jarayonni töğri yölga qöyib oliş.
Mavzuga oid
– Prezident Matematika instituti ilmiy daraja beruvçi ilmiy kengaşiga töla mustaqil vakolat berişni aytdi. Bu OAKning ilmiy daraja berişga qöyadigan talablari pasayadi deganimi?
– Bu men uçun oğriqli savol. Men amaldagi ilmiy daraja beriş tizimiga qarşiman. Şuning uçun ham fikrlarim noxolis tuyulişi mumkin. Şunday bölsa ham qandaydir asoslar bilan javob berişga harakat qilaman.
Özi ilmiy daraja beriş OTM yoki ITMlarga ötişi kerak. Lekin bu jarayon birdaniga emas, qadam-baqadam amalga oşirilgani ma'qul. Matematika institutiga bu vakolatni beriş dastlabki qadam böladi.
Özingizga ma'lumki, aksariyat rivojlangan davlatlarda Oliy attestatsiya komissiyasi mavjud emas va ilmiy darajalar universitetlarning özi tomonidan beriladi. Universitetlarning reytingiga qarab ular bergan ilmiy darajaning obrösi ham yo zalvorli, yo kuçsiz böladi. Xullas, bizdayam kelajakda şunday böladi deb umid qilaman, har holda ketuv şunaqa.
Lekin ma'lum muddat (balki 3-4 yil), to OTMlarimiz moliyaviy mustaqillikka erişib, kadrlar salohiyatini joyiga qöyib, dunyo miqyosida mas'uliyatni öz böyniga olguniça OAKga muhtojligimiz bor. Çunki hali yetarliça tayyor bölmagan OTMlarimiz tomonidan turli sub'yektiv sabablarga köra nomunosib holatda berilgan ilmiy darajalar Özbekiston ilmiy darajalariga xalqaro miqyosda işonçsizlik olib kelişi mumkin.
Şuni ta'kidlaşni istardimki, OAKning hozirdagi faoliyati, menimça, qoniqarli emas. Hali ham köp tösiqlar bor, byurokratik maşina işlayapti. Hali ilmiy tadqiqotlar boşlanmay turib dissertatsiya mavzularini rasmiylaştiriş, himoya jarayonidagi avtoreferat kabi eskilik sarqiti, uning matnidagi siyosiy tus (misol uçun, matematikaga oid tadqiqot dolzarbligini asoslaş uçun prezidentning ma'lum farmonlariga havola beriş) bevosita OAKga borib taqaladi.
Yaqinda bölib ötgan matbuot anjumanida ham hozirda amalda bölgan ikki tabaqali tizimning afzalliklari haqida biror asosli fikr bildirilarmikan deb kutgandim. Afsuski, bunday fikr yangramadi.
Adolat yuzasidan ta'kidlaşim kerakki, yaqinda e'lon qilingan binar ilmiy daraja beriş haqidagi qaror töğri qaror böldi va bu OAKning mehnat mahsuli ekanini köpçilik qatori men ham bilaman. Ilmiy unvonlarni beriş vakolatini OTM va ITIlarga beriş ham yuqorida ta'kidlaganimiz bosqiçma-bosqiç qadamlardan biri va u töğri qadam.
Endi ilmiy kengaşga beriladigan töla vakolat haqida gapiradigan bölsam, buni qanday qonuniy asosda amalga oşiriladi, bilmayman. Hozirda OAK tomonidan tasdiqlangan ilmiy kengaşlardagi vakolatdan ortiqroq vakolat, misol uçun, ilmiy darajani bevosita matematika instituti tomonidan (OAKning iştirokisiz) berilişi közda tutilsa, unda tegişli qaror, farmonlarga özgartiriş kiritiş kerak.
«Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida»gi qonunni asos qilib, OTM yoki ITIlarida ilmiy kengaş oçiş uçun uning a'zolarining yarmidan köpi şu muassasada faoliyat körsatişi kerak, degan talablar qöyildi. Balki bu talab borasida yengilliklar berilar, bilmadim. Xullas, kiçkina şu qadam uçun ham, agar uni qonuniy asosda qilişni xohlasak, amaldagi farmon, qarorlarga özgartiriş kiritiş talab qilinadi, bu esa oson iş emas.
OAKning ilmiy darajalarga qöyayotgan talablari pasayadimi-yöqmi? Pasaysa kerak, lekin bu qaysi körinişda bölişi OAK va ilmiy jamoatçilikning faolligiga boğliq.
Yuqorida ta'kidlaganim, amaldagi ikki tabaqali ilmiy daraja - PhD (falsafa doktori), DSc (fan doktori) hozirgi vaziyatda:
birinçidan, rivojlangan mamlakatlar bilan ilmiy faoliyat tomonidan uyğunlaşişga xalaqit qiladi. Çunki bizdagi DSc (fan doktori) ilmiy darajasining muqobili u davlatlarda yöq va bizning olimlarimiz bu ilmiy darajasi mahalliy xarakterga ega bölib qoladi.
Töğri, Rossiya va şunga öxşaş bir neça sobiq ittifoq tarkibidagi mamlakatlarda işlaşi mumkin, lekin u tomonlarga bizning olimlarimizning akademik harakatçanligi faol va muntazam emas.
Ikkinçidan, bu ilmiy darajaga qöyilgan talablarga javob bergunça, ilmiy tadqiqot işlarini olib borayotgan talabgor özining ilmiy qiziqiş doirasini toraytirişga majbur böladi. Çunki dissertatsiya işiga bir mavzuga töğri keladigan, tizimlaştirilgan ilmiy natijalarnigina kirita oladi. Bu esa yangi yönalişlarni özlaştiriş, xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş, amaliy xarakterdagi tadqiqotlar bilan şuğullaniş borasida öziga çeklovlar qöyişiga sabab böladi.
Vaholanki, PhD (falsafa doktori) darajasiga ega bölgan ilmiy xodimlardan unumli foydalaniş kerak. Ularning akademik harakatçanligini qöllab-quvvatlaş, tijoratlaştiriş salohiyatiga ega ilmiy tadqiqotlarga jalb qiliş orqali fandagi zamonaviy yönalişlarni özlaştiramiz, fan va işlab çiqariş integratsiyasini oşiramiz.
Men matematik sifatida, aytaylik ximiklar, biologlar, energetiklar, geologlar bilan işlaşni xohlardim. Lekin men fan doktori bölişni istar ekanman, bu hamkorliklarni keyinga surib turişga majburman. Çunki bu hamkorlikdagi ilmiy natijalarning sof matematik salmoği fan doktori ilmiy darajasini oliş uçun yetmaydi.
Aksariyat hollarda matematik modellar ilgari olingan ilmiy natijalarga asoslangan böladi. Bu holatda men ilmiy darajani faqatgina matematik modellaştiriş mutaxassisligi böyiça olişga harakat qilişga majbur bölaman. U holatda qolgan yönalişlar nega kerak?
Xulosa qilib aytadigan bölsam, mamlakatdagi ilmiy daraja beriş tizimi islohotga muhtoj va bu islohotni qilişda nafaqat katta avlod vakillari, balki örta va yoş avlod vakillarining ham fikri inobatga olinişi, tuziladigan işçi guruh barça asoslarni sinçiklab taqqoslaşi va keyin yakuniy xulosaga kelişi kerak.
– Hozir matematika böyiça 500 nafar pedagog va ilmiy tadqiqotçi bor. Ularning sonini 5 ming nafarga yetkaziş vazifasi qöyildi. Bu vazifani amalga oşirişda nimalar hisobga olinişi kerak, deb hisoblaysiz?
– Matematika sohasida ilmiy tadqiqotçilar köpayişi tarafdoriman. 5 ming bu – ramziy raqam, bunga jiddiy tarzda möljal oliş kerak emas. Biz tadqiqotçilarning sifatiga ham e'tibor qaratişimiz lozim.
Bu vazifani amalga oşirişdagi dastlabki qadam – magistrlik darajasiga ega va turli sabablarga köra faoliyatini maktab, litsey, kollej yoki boşqa muassasalarda davom ettirayotgan yoşlarning içidan ilmiy salohiyatga egalarini saralab oliş böladi.
Joriy yildan OTM va ITIlarga stajyer tadqiqotçilar berildi. Bu ham vazifani amalga oşirişda ozgina bölsa-da hissa böldi. Masalan, matematika instituti 8 nafar stajyerni işga oldi. Bu yoşlar potensial tayanç doktorantlar hisoblanadi.
OTMlarda dars yuklamasi köpligidan ezilib yurgan qança yoşlarimiz bor. Ularga ilmiy faoliyat yuritişlari uçun imkoniyat yaratişimiz kerak. OTM va ITIlarda postdok (PhD ilmiy darajasiga ega, ilmiy tadqiqot bilan şuğullanadigan) pozitsiya (lavozim)larini oçişimiz kerak. Bu bilan OTMlarda ham ilmiy faoliyatni kuçaytirişga turtki bergan bölamiz.
Çet el universitetlarida yana bir örnak olsa böladigan yaxşi tajriba bor. Universitetdagi professorlar ilmiy loyihalar doirasida tadqiqot işlariga talabalarni jalb qiladi. Bu – aksariyat holatlarda magistrantlar, ayrim holatlarda bakalavriatda öqiydigan talabalar ham bölişi mumkin. Ular asosiy öqişiga halaqit bermagan holda bevosita ilmiy tadqiqot işlari bilan maşğul bölişadi va kelajakda bu faoliyatni davom ettiriş salohiyatiga ega kadrlarga aylanişadi.
Bizda ham bunday tajribani yölga qöysa böladi. Buyam ilmiy kadrlar uzluksizligini ta'minlaşga öziga xos hissa qöşadi deb öylayman. Masalan, men matematika institutida şunday magistrantlar, hatto bakalavrlar faoliyat yuritişini xohlardim.
– Yetakçi va ilğor ilmiy tadqiqotlarga jamiyatning tegişli sohalari qançalik tayyor?
– Yuqorida ta'kidlaganimdek, ilğor ilmiy tadqiqotlar uçun hali yetarli şart-şaroitga ega emasmiz, lekin bor imkoniyatdan foydalanib bunday tadqiqotlarni olib borayotganlar ham borligini e'tirof etaman. Işlab çiqarişdagilar ilğor ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalana olişga tayyormi?
Xususiy korxonalar, menimça, şuning tarafdori, lekin moliyaviy imkoniyatlari qadar tatbiq qila olişadi, xolos. Davlat aktividagi korxona-taşkilotlar esa yuqoridan keladigan signal asosida işlaşga örgangani uçun bir narsa deyiş qiyin.
Davlat korxonalari topşiriqni bajariş uçun ham xöjakörsinga bunday hamkorlik imitatsiyasini yaratişi mumkin. Buning oldini oliş uçun esa samarali nazorat tizimi mavjud bölişi kerak.
Ayrim vazirlarning siyosiy irodasi, qat'iyati, misol uçun, Qişloq xöjaligi vaziri, sohada bu yönalişda jiddiy ijobiy siljişlarga guvoh bölişimizga umid berayotgandek.
– Universitetda öqib yurganimizda bir dasturçi ustozimiz aytardi: «Men doim takrorlab kelaman, siz matematikmisiz, demak siz – dasturçisiz. Dasturçimisiz, demak matematik bölişingiz kerak, bölmasa nolsiz». Şu fikrni qanday izohlaysiz?
– Axborot texnologiyalar sohasi, xususan, dasturçilik hozirgi zamonimizdagi eng talabgir mutaxassisliklaridan biri. Dasturlaş odamdan tizimli fikrlaşni talab qiladi. Bunday fikrlaşni esa matematika fani samarali örgatadi.
Matematikani yaxşi bilgan odam dasturlaşni tez özlaştirişi bor gap. Notöğri natijaga qarab xatoni qidiriş, har bir etapda qilingan xato qaysi oqibatlarga olib kelişini beixtiyor tahlil qilib boriş malakasi aynan matematikani örganganingizda paydo böladi. Dasturlaşda esa bu juda muhim.
Men şaxsan, ayni damda yoşim 40dan ötgan bölsa ham sun'iy intellekt borasidagi tadqiqotlar, xususan, «deep learning»ga (sun'iy intellekt konsepsiyasining bir qismi) qiziqyapman. Dastlab matematik asoslari tomonidan qöşilsam, keyinçalik dasturlaş qismlariga ham ötişga majbur bölsam kerak. Umid qilamanki, öşanda matematikligim ança qöl keladi.