PISA testining 2022 yilgi natijalari e’lon qilindi. O‘tgan yilgi testda 81 mamlakatdan 15 yoshli 690 ming o‘quvchi qatnashgan. Ular o‘z mamlakatlaridagi 26 million o‘quvchining o‘rtacha bilimini aks ettiradi. 

PISA testlari o‘zi nima?

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OCED) tashabbusi bilan har 3 yilda bir marta The Programme for International Student Assessment (PISA) xalqaro o‘quvchilarni baholash testlari o‘tkaziladi.

PISA testlari xalqaro tan olingan o‘lchovdan foydalanib, o‘qitish tizimlari, maktablar, o‘qituvchilar va o‘quvchilardan ma’lumotlarni to‘plab, o‘quvchilar bilimini baholaydi.

Bu test sinovlari 2000 yildan boshlangan. 2022 yildagisi hisob bo‘yicha sakkizinchisi bo‘ldi. Testlar o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar va o‘qish bo‘yicha mahorat hamda bilimini sinovdan o‘tkazadi. O‘quvchilar 2 bosqichda saralab olinadi. 1-bosqichida qishloq va shahar hududlaridan aralash 150 maktab tanlab olinadi. Keyin har bir maktabdan 42 o‘quvchi ixtiyoriy tanlanadi. Test natijalari 3 guruhga ajratiladi: o‘rtachadan yuqori, o‘rtacha va past.

Eng yuqori natija Singapurda

Natijalarga ko‘ra, matematika yo‘nalishida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 81 davlat orasidan 364 ball bilan 72-o‘rinni egallagan. Matematika savodxonligi bo‘yicha eng yuqori ball qayd etganlar:

  • Singapur – 575 ball ( 2018 yildagidan 6 ball o‘sish)
  • Makao (Xitoy) –552 ball (6 ball kamayish)
  • Xitoy Taypei – 547 ball (16 ball o‘sish)
  • Honkong – 540 ball (11 ball kamayish)
  • Yaponiya – 536 ball (9 ball o‘sish)
  • Xuddi shu yo‘nalishda eng past ball qayd etganlar:
  • Gvatemala – 344 ball (10 ball o‘sish)
  • Salvador – 343 ball (qatnashmagan)
  • Dominikan respublikasi – 339 ball (14 ball o‘sish)
  • Paragvay – 338 ball (11 ball o‘sish)
  • Kambodja – 336 ball (12 ball o‘sish).