O‘zbekiston | 08:36 / 12.09.2022
5350
4 daqiqa o‘qiladi

Oilaviy bog‘cha faoliyatini boshlash uchun belgilangan talablardan biri bekor qilinadi

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi munosabati bilan prezident ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Foto: Kun.uz

Prezident ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi rejalashtirilmoqda:

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar soni 70 foizidan kam bo‘lgan qismiga shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovi miqdorida boshqa oilalar bolalarini qabul qilish;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlash uchun sog‘liqni saqlash organlari bilan majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishga oid shartnoma tuzish tartibini bekor qilish;

davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalar miqdorini hisoblashda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollar 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilarni hisobga olish;

davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda subsidiyalar ajratilmasligi sharti bilan (boquvchisini yo‘qotgan ayollar 2-3 yoshdagi farzandlari bundan mustasno) 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilish;

tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitish boshqa turlaridan, suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham to‘lash (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno);

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish bo‘yicha axborot tizimida davlat-xususiy sheriklik bitimlarini elektron shaklda tuzish va taraflar elektron raqamli imzosi bilan imzolash;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 12 nafardan 50 nafargacha bolalarni tarbiyalashga hamda tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratish (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 tadan) va shu shtat birliklari bo‘yicha subsidiya to‘lash;

umumiy qiymati 1 million AQSh dollariga qadar bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini tasdiqlash, unga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish davlat sherigi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi, 10 million AQSh dollariga qadar bo‘lgan loyihalarni Davlat-xususiy sheriklik agentligi bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshirilishi, 10 million dollardan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini tasdiqlash, unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishiga aniqlik kiritish;

ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent oilalari farzandlari uchun yo‘llanmalarni shakllantirish va bu yo‘llanmalar asosida bolalarni tashkilotlarga qabul qilish bo‘yicha elektron navbatni shakllantirishni axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshirish;

davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolanib, moliyalashtirilmagan loyihalarni amalga oshirilmaganlik sabablarini o‘rganib, loyihaga o‘z ulushini kiritmagan yoki garov ta’minotiga ega bo‘lmagan yoki boshqa muammoli loyihalar bilan bitimlarni bekor qilish choralarini ko‘rish.

Mavzuga oid