O‘zbekistonda nashr qilinadigan Qur'oni Karimning tavsiya narxi e'lon qilindi
O‘zbekiston Musulmonlari idorasida “Hilol nashr” nashriyoti tomonidan bosiladigan Qur'oni Karimning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, shayx Abdulaziz Mansur, boshqa yirik ulamolar, “Hilol nashr” nashriyoti rahbari Ismoilxon Muhammad Yusuf, OAV vakillari qatnashdi.
Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbirining ma'lum qilishicha, taqdimot marosimida so‘zga chiqqan Ismoil Muhammad Sodiq O‘zbekistonda chop etilayotgan Qur'oni Karim narxini ma'lum qilar ekan, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga murojaat qilib, suiiste'molliklarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
“Ko‘pchilikning duosi bilan bugungi xursandchilik kunlarga ham yetib keldik. Biz Mushafi sharifning xalqimizga narx va sifat jihatidan qulay yetib borishini jamlashga harakat qildik. Ertaga Kitob savdoga chiqarilganda turli tushunmovchiliklar bo‘lmasligi uchun shu minbardan turib e'lon qilib qo‘ymoqchiman. Kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi birodarlarimizdan ham iltimosimiz bor.
Allohning Kalomiga xizmat qilish ulug‘ baxt. Hammamizga shuni muyassar qilsin. Shu fursatdan foydalanib, aytmoqchimanki, suiiste'mol qilmaslikka, Allohning Kalomiga xizmat bo‘lsin, deb harakat qilishga chaqiraman. To‘g‘ri xarajatlarimiz bor, ammo shunga yarashasini olaylik, lekin sun'iy qimmatlab ketishiga iloji bo‘lsa, barchamiz to‘sqinlik qilaylik. Alloh Taolo Kalomining hurmatidan boshqa ishlarimizning barokatini bersin.
Bugungi kunda Mushafi Sharifning sotishga tavsiya etiladigan narxi 31 ming so‘m bo‘ldi”. – dedi taqdimot marosimida so‘zga chiqqan noshir Ismoil Muhammad Yusuf.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2023
Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi Malayziyada chop etiladi
10:05 / 19.08.2022
Namangandagi ziyoratgohdan o‘g‘irlab ketilgan Qur’oni Karim mushafi topildi
17:06 / 15.08.2022
Namanganda noyob Qur’oni Karim mushafi o‘g‘irlab ketildi
10:24 / 12.05.2021