Özbekiston elçisi Ravşan Usmanov Malayziyada joylaşgan dunyoning ikkinçi eng yirik Qur’oni Karim bosmaxonasi - «Nasyrul Quran» ma’rifiy majmuasiga bordi. 

Uşbu majmua 2017 yilda ta’sis etilgan bölib, Qur’oni Karimni naşr etiş böyiça Madinadagi Qirol Fahd nomidagi majmuadan keyingi dunyodagi ikkinçi eng yirik bosmaxona hisoblanadi.  

Majmuada Qur’on xattotligi galereyasi, bosmaxona faoliyatini kuzatiş nuqtasi va anjuman xonalari faoliyat körsatadi. Muassasa naşriyot işidan taşqari, Islom xattotlik san’ati va me’morçiligini örganiş hamda tarğib qiliş, Qur’on qölyozmalarining yangi dizaynini işlab çiqiş bilan şuğullanadi. 

Taşrif davomida majmua direktori Abdullatif Mirasa bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuv davomida Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi tomonidan taqdim etilgan Qur’oni Karimning özbek tilidagi tarjimasi va 6 jildlik «Tafsiri irfon» (Qur’oni Karim ma’nolarining özbekça tarjimasi va tafsiri) Malayziya tomoniga taqdim qilindi. 

Muloqot yakunida Malayziya tomoni va Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi hamkorligida Qur’onning özbek tilidagi tarjimasini Malayziyada naşr qiliş böyiça kelişuvga erişildi. 

Bundan taşqari, hamkorlikda Islom xattotligi böyiça körgazma taşkil etiş, qöşma seminar va treninglar, Özbekistonning ziyorat turizmini tarğib qiliş böyiça boşqa ma’rifiy dasturlarni amalga oşiriş töğrisida kelişildi.