8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

02:21 / 20.05.2018 124779

Shavkat Mirziyoyev nega O‘zbekiston uchun AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash zarurligini tushuntirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh bilan munosabatlari haqida gapirarkan, nega O‘zbekistonga AQSh sarmoyasi va texnologiyasi zarur ekanligiga oydinlik kiritdi. Bu haqda davlat rahbari 19 may kuni Ulug‘nor tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilgan. 

"Andijon ahli yaxshi biladi, buyuk bobolarimiz xoklari Hirotda. O‘zbek millati uchun Hirotgacha yetib borsak, buyuk bobolarimiz ruhi madadkor bo‘ladi. Albatta, bunda afg‘on xalqining manfaati bor, iqtisodiyoti bor. Lekin, bobolar ruhi shod bo‘ladi, millatim vakili o‘tyapti, deydi. Shuning uchun, katta temir yo‘l qurilishi tashabbusi bilan chiqqandik, katta rahmat, AQSh Prezidenti Donald Tramp qo‘llab-quvvatlab, biz bayonnoma qabul qildik. Qo‘shma bayonotda ham AQSh Afg‘onistondagi temir yo‘l qurilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shundan so‘ng, Jahon bankiga borib, endi menga pul berasan, deb, ular bilan do‘stlashib, darrov qo‘l qo‘ydirib oldik. Xudo xohlasa, shu kunlarga yetib olsak, bobolarimizning qabrini obod qilamiz. Shuningdek, Jahon banki guruhi bilan 2 milliard dollarga teng loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan bitimlar tuzildi. Amerika kompaniyalari bilan umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarga teng 20dan ortiq shartnomalar imzolandi. Aslida, bu 8,5 milliard dollar bo‘lishi rejalashtirilgandi, lekin naqdini yozamiz, dedim. Shunga qaramay, 10-15 kun ichida 1,5 milliard dollarga teng katta loyihaga ham imzo qo‘yamiz.

Xullas, bir nimani tushuning: nima uchun bizga AQSh sarmoyasi, texnologiyasi kerak? Chunki, unaqa texnologiya va ishlanmalar hali O‘zbekistonga kirmagan. Eng rivojlangan, kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi, lekin AQSh texnologiyasi kirgan davlatda hisob-kitob joyida bo‘ladi. Ularning texnologiyasi kirgan joyda korrupsiya, o‘g‘rilik bo‘lmaydi. Bu bir mezon, tarozining pallasi bo‘ladi. Shuning uchun, ular osonlik bilan bironta davlatga sarmoyasini kiritmaydi", – deydi Prezident.

Top