Jahon | 21:28 / 15.09.2023
11517
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo yetakchilari noyabr oyida Bokuga boradi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini 2023 yil noyabr oyida Boku shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMT Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi (SPECA) sammitida ishtirok etishga taklif qildi. 

Bu taklif 14 sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvidagi nutqi chog‘ida ma’lum qilindi. Aliyevning ta’kidlashicha, bu yil dastur yaratilganiga 25 yil to‘ladi. 

SPECA 1998 yilda Toshkent deklaratsiyasiga asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (EEC) hamda BMT Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotiblari tomonidan imzolangan. Keyinchalik dasturga Turkmaniston, Ozarboyjon va Afg‘oniston ham qo‘shildi. 

SPECA sessiyalarida mintaqadagi aloqa imkoniyatlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar, jumladan, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muntazam muhokama qilinadi. 

Mavzuga oid