Yangi o‘quv yilidan maktablarda matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratildi.
Prezidentning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, jumladan:
- 10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat;
- 10-11-sinf “Kimyo” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);
- 10-11-sinf “Biologiya” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat).
Shuningdek, 2020 yil “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatimizda ta'limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi munosabati bilan 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qo‘shib berildi.
Endilikda, xalq ta'limi tizimida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab:
- matematika fani haftasiga 55 soat (o‘tgan yilda 54 soat);
- kimyo fani haftasiga 12 soat (o‘tgan yilda 10 soat);
- biologiya fani haftasiga 15 soat (o‘tgan yilda 13 soat);
- informatika fani haftasiga 10 soat o‘qitiladi (o‘tgan yilda 9 soat).
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024