Bugun, 25 noyabr kuni, xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
![](https://storage.kun.uz/source/6/8pCQPeIBVrIKSUfP4-55-n09JuKR5_Aw.jpg)
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Akrom Sulaymonov Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
A.Sulaymonov 1969 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. U Respublika “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, Shahrisabz shahar hokimi To‘lqin Karimov viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.