Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda erkak farzandining o‘limini aytgan shifokorni urdi
Kaltaklangan shifokor farzandini yo‘qotgan ota-onaga hozir juda qiyin ekanini, shu bois holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaganini aytdi.
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida fuqaro farzandi vafot etganini aytgan shifokorga musht tushirdi. Bu haqda Millar ko‘rsatuvi lavhasida ma’lum qilindi.
Qayd qilinishicha, 2 yoshli bola divandan yiqilib, Shahrisabz shahri bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Bolaning bosh miyasiga qon quyilgani sababli reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilib, sun’iy nafas apparatiga ulangan. 17 aprel kuni bolada biologik o‘lim kuzatilgan. Buni eshitgan bolaning otasi esa shifokorga musht tushirgan.
Kaltaklangan shifokor 47 yoshli jarroh ekani ta’kidlanmoqda. Unga bosh chanog‘ining yopiq shikasti, boshmiya chayqalishi, chap ko‘z qovoqlari yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan. U hozir davolanmoqda.
Kaltaklangan shifokor farzandini yo‘qotgan ota-onaga hozir juda qiyin ekanini, shu bois holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaganini aytgan.
Shu sababli tekshiruv harakatlari boshlanmagan, ammo holat Qashqadaryo viloyati IIB nazorati ostida, deyiladi lavhada.
Mavzuga oid
17:51 / 09.07.2026
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga boshpana muddati 30 kundan 6 oygacha uzaytiriladi
17:37 / 09.07.2026
Bolaga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachiga bog‘chada ishlash 1 yilga taqiqlanishi mumkin
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026