Global isish sababli xavfli viruslar “uyg‘onishi” mumkin – Nobel mukofoti laureati
Olimning so‘zlariga ko‘ra, Sibir taygasi va tundradagi muzliklar erishi oqibatida ushbu hududlardagi qadimiy kasallik va viruslar yana “uyg‘onishi” mumkin.
Global isish va abadiy muzlikning erishi insoniyat uchun kutilmagan oqibatlarga olib keluvchi viruslarni "uyg‘otishi" mumkin, dedi Nobel mukofoti laureati Raye Kvon Chung.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sibir taygasi va tundradagi muzliklar erishi oqibatida ushbu hududlardagi qadimiy kasallik va viruslar yana “uyg‘onishi” mumkin.
"Yuz ming yillar ilgari mavjud bo‘lgan qaysi virus yana paydo bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Ular qaytadi. Shunday viruslar borki, biz ular bilan ilgari hech qachon to‘qnash kelmaganmiz", - Raye Kvon Chung.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tadqiqotchilar mamontlar qoldiqlaridan sibir yarasi kasalligi virusini topishgan.
Mavzuga oid
15:22
Bokudagi COP29: iqlim o‘zgarishiga moslashish xarajatlarini kim to‘laydi?
23:12 / 19.10.2024
Grippga chalingan odam uni qancha vaqt davomida boshqalarga yuqtiradi? Mutaxassislar javob berdi
18:00 / 12.10.2024
Yerda 70 mingdan ziyod noma’lum viruslar aniqlandi
22:13 / 03.10.2024