O‘zbekiston | 08:04 / 03.12.2021
5118
1 daqiqa o‘qiladi

Pirotexnika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi

Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muomalasi taqiqlanadi.

Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlari prezident yoki hukumat qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarda litsenziyaga ega yuridik shaxslar tomonidan olib kirilishi mumkin.

Pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanganlarni aniqlash va javobgarlikka tortish bo‘yicha kompleks choralar ko‘riladi. 

Mavzuga oid