GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi
Germaniyada yangi yil kechasida petarda va qo‘lbola pirotexnika vositalari bilan ehtiyotsiz ravishda munosabatda bo‘lish odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Germaniyaning bir nechta federal yerlarida besh kishi yangi yil kechasida pirotexnika bilan ehtiyotsiz tarzda munosabatda bo‘lingani tufayli halok bo‘ldi. 1 yanvar, chorshanba kuni politsiya xabariga ko‘ra, Gezeke shahri (Shimoliy Reyn-Vestfaliya) yaqinidagi dalada petarda portlashi oqibatida 24 yoshli yigit halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda, ammo kuchli portlash bu qo‘lbola petarda ekanligini ko‘rsatmoqda.
Saksoniyaning Oshats shahrida 45 yoshli erkak petarda portlashi oqibatida boshidan qattiq jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, feyyerverk yuqori quvvatli F4 toifasiga kirgan, uni sotib olish va foydalanish uchun maxsus ruxsat yoki o‘qitish talab etiladi.
Saksoniyada ham pirotexnika qurboni ro‘yxatga olindi: 50 yoshli erkak Debeln yaqinida qo‘lbola feyyerverkni portlatmoqchi bo‘lganida vafot etgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u boshidan jiddiy jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan.
Yarim tundan so‘ng Hamburgda yana bir fojia yuz berdi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, 20 yoshli yigit pirotexnika yoqilganidan keyin vafot etgan. U hozircha hech qanday qo‘shimcha ma’lumot bermagan.
Shuningdek, Brandenburgda fojiali oqibatlarga olib kelgan feyyerverk hodisasi yuz berdi. Kremmen shahrida 21 yoshli yigit «pirotexnika yonishi» va noto‘g‘ri foydalanish tufayli vafot etdi. Bundan tashqari, yer politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, feyyerverk bilan bog‘liq yana ikkita baxtsiz hodisa uch kishining og‘ir kuyish jarohatlari va kasalxonaga yotqizilishiga olib kelgan.
Yangi yil kechasi qo‘lga olishlar
Berlinda 330 kishi qo‘lga olindi, 13 nafar politsiyachi og‘ir yaralandi, ulardan biri oyog‘iga feyyerverk kelib tekkanidan keyin operatsiya qilindi. Leypsigda 100-150 ga yaqin yoshlar bir-biriga qarata pirotexnika vositalarini otib, mashina va tramvaylarni nishonga olib, chiqindi qutisini yoqib yuborgan. Hamburg, Drezden, Gelzenkirxen va boshqa bir qancha shaharlarda politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarga feyyerverklar va petardalar bilan hujum qilindi. Shvebish-Gmyund (Baden-Vyurtemberg) yaqinida petarda portlashi oqibatida uch nafar politsiyachi yengil jarohat oldi.
Mavzuga oid
11:37 / 31.12.2024
GFRda ehtimoliy rossiyalik josuslarga ayblov qo‘yildi
12:02 / 30.12.2024
Toshkent viloyatida 60 mingdan ortiq pirotexnika vositalari ushlab qolindi
08:00 / 23.12.2024
GFRda Magdeburg bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruvlar o‘tkaziladi
07:34 / 23.12.2024