Prezident qaroriga muvofiq Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi va jamoat salomatligi qömitasining asosiy vazifalari quyidagilar:
- sanepid sohasidagi potensial xavflarni aniqlaş va baholaş, yuqumli kasalliklarning tabiiy öçoqlarida epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarşi tadbirlar majmuini ötkaziş;
- sanitariya-gigiyena laboratoriyalari, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va öta xavfli kasalliklarni taşxislaş faoliyatini taşkil etiş;
- jamoat salomatligi, kasalliklar profilaktikasi va aholining sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş va boşqalar.
Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi va jamoat salomatligi qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- qömitaning vazifalari va funksiyalari;
- Sanepidqöm faoliyatini taşkil etiş va uning rahbariyati;
- qömita faoliyatining samaradorligi va natijadorligi körsatkiçlari hamda uni baholaş mezonlari;
- moliyalaştiriş va moddiy-texnik ta’minot manbalari;
- xodimlarning mehnatiga haq tölaş, ularni moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy imtiyozlar.
Qömita öz faoliyatida majburiy tibbiy çoralarni davolaş yoki karantinda saqlaş körinişida qöllaş huquqiga ega.
Şuningdek, zarur bölganda xöjalik va boşqa faoliyatning alohida tartibini nazarda tutuvçi, yuqumli va parazitar kasalliklarning tarqalişini oldini olişga qaratilgan tibbiy-sanitariya çoralari qabul qilinişi mumkin.
Sanepidqöm yuqumli kasalliklar tarqalişining haqiqiy xavfi yuzaga kelganda mulkçilik şaklidan qat’i nazar obektlarda tekşiruvlar ötkazişi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilişi holatlari aniqlanganda litsenziyalar va ruxsat beruvçi hujjatlarni töxtatib turiş, tugatiş va bekor qiliş masalasini hal etiş uçun tegişli organlar va taşkilotlarga taqdimnomalar yuborişi mumkin.
















