O‘zbekistondagi uy-joy narxi eng qimmat shaharlar ma’lum qilindi
Shaharlar kesimida uy-joy narxlarining eng baland qiymati Toshkent (1 kv metr uchun 753 dollar), Samarqand (553 dollar) va Navoiy (418 dollar) shaharlarida qayd etilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekistonning ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlari tahlil qilib chiqildi.
2021 yil noyabr oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 22,5 mingta shartnoma tuzilgan, bu sentabr oyiga nisbatan 4 foizga (21,6 ming) ko‘pdir. Mazkur ko‘rsatkich 2020 yil (14,4 foiz) va 2019 yil (40,6 foiz) noyabr oylariga nisbatan keskin o‘sgan.
Oktyabr-noyabr oylarida talabning eng yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo (22,9 foiz), Namangan (17,3 foiz), Xorazm (14,3 foiz) viloyatlarida kuzatilgan bo‘lsa, Andijon (14,1 foiz), Samarqand (6,6 foiz) va Toshkent (3,7 foiz) viloyatlarida kamayish kuzatilgan.
Noyabr oyida oktabr oyiga nisbatan ikkilamchi bozorda o‘rtacha uy-joy narxlari 1,2 foizga o‘sgan. Narxlarda eng katta o‘sish Toshkent (3,2 foiz), Samarqand (3,1 foiz) va Xorazm (3,0 foiz) viloyatlarida kuzatilgan bo‘lsa, Navoiy (1,4 foiz) viloyatida uy-joy narxlari pasaygan.
Shaharlar kesimida uy-joy narxlarining eng baland qiymati Toshkent (1 kv metr uchun 753 dollar), Samarqand (553 dollar) va Navoiy (418 dollar) shaharlarida, nisbatan pastroq narxlar esa Nukus (277 dollar), Qarshi (289 dollar) va Guliston (289 dollar) shaharlarida qayd etilgan.
Toshkent shahrida o‘tgan oyga nisbatan ikkilamchi bozorda o‘rtacha uy-joy narxlari 1,3 foizga o‘sgan. Eng katta o‘sish Mirzo Ulug‘bek (3,5 foiz) va Mirobod (3,2 foiz) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan pastroq o‘sish sur’ati Uchtepa (0,1 foiz), Bektemir (0,7 foiz) va Yashnobod (-0,6 foiz) tumanlarida kayd etilgan.
Mavzuga oid
18:59
“Egasini tuni bilan qidirdim” - dollar to‘la hamyonni onaxonga qaytargan serjant
16:47
Toshkentdagi avtobuslarda yo‘lkirani naqd pul shaklida berganlar jarimaga tortiladi
19:28 / 05.01.2025
Navoiy IESdagi transformatorda yong‘in sodir bo‘ldi
12:38 / 05.01.2025