1 noyabrdan eski «obektivka»dan voz kechilib, xodimni baholaydigan yangi tizimga o‘tiladi
Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazmoqda.
Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinishini ta’kidladi.
“Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish bo‘yicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi. Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ular muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, dedi davlat rahbari.
1 noyabrdan:
- eski namunadagi “obektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodim malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tiladi;
- xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart.
"Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tacodifan kelib qolishning oldi olinadi", dedi prezident.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024