Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Şundan söng Özbekiston prezidenti gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi. 

Taşrif doirasida Özbekiston yetakçisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg şahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uçraşuvi hamda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşining navbatdagi yiğilişida kuzatuvçi maqomida iştirok etadi.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 7–8 oktyabr kunlari amaliy taşrif bilan Moskva şahriga taşrif buyurib, MDH davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda iştirok etgan edi.