Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
Uchrashuvda 2024 yilgi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va ko‘p tomonlama hamkorlikning kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Uchrashuvda 2024 yilgi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va ko‘p tomonlama hamkorlikning kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi.
Mintaqa ichida savdo va kooperatsiyani, eng avvalo, o‘zaro savdodagi to‘siqlarni yanada bartaraf etish orqali kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Ko‘p qirrali sheriklikni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Muhandislik maktablarini tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar industriyasi, kreativ iqtisodiyot, «yashil» energetika va tinch atom sohasini rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish shular jumlasidan.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 12:25
-
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
Jahon | 12:24
-
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
Sport | 12:05
-
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
O‘zbekiston | 11:53
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025