23:40 / 14.11.2018
16448

Shahzoda Charlz - 70 yoshda (fotojamlanma)

14 noyabr kuni Britaniya taxt vorisi shahzoda Charlz 70 yoshga to‘ldi. Butun umri davomida unga mamlakat - sevgidan, burch esa barchasidan ustun ekanini aytib uqtirishgan. Charlzni har qanday xato butun qirollik oilasi nufuziga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligiga oid fikr bilan voyaga yetkazishgan. U 21 yoshida Karnarvon saroyida onasi, qirolicha Yelizaveta II’dan Uels shahzodasi maqomini va u bilan birga bir umrlik majburiyatlarni olgan.

Bolaligidan unga munosib voris bo‘lishi kerakligi uqtirilgan, zero undan avvalgi Uels shahzodasi bunday bo‘lmagan. Gap uning tog‘asi, Vindzorlar nomini deyarli yo‘qqa chiqargan shahzoda Edvard haqida borgan. U ikki marta ajrashgan amerikalik Uollis Simpsonga uylanish uchun 1936 yilda taxtdan voz kechgan.

U butun umr o‘zi haqiqatda muhim deb hisoblagan ish bilan shug‘ullangan, ammo doim boshqalarning soyasida qolgan: avval onasining, keyin birinchi turmush o‘rtog‘ining, endi esa - o‘g‘illarining. Charlz birinchi oilasidan ajrashgan Kamilla Parker-Boulzni deb “xalq malikasi” Diana bilan ajrashgani sababli uzoq vaqtgacha e'tibordan chetda qoldi, lekin bu taxt vorisining baxtli bo‘lish istagi bilan izohlanadi. Bugunga kelib Buyuk Britaniyaning bo‘lg‘usi qiroli shuncha yillar qo‘ldan boy berilgan e'tiborga sazovor bo‘lmoqda.

Shahzoda Charlz, 2015 yil

Qirolicha Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp, farzandlari Charlz va Anna Queen hamda itlari bilan Shotlandiyada, 1955 yil

Shahzoda Charlz va malika Diana to‘y kuni

Uels shahzodasi Charlz va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla an'anaviy qilich raqsi vaqtida, 1997 yil

Malika Diana va shahzoda Charlz o‘g‘illari Uilyam bilan, 1982 yil

Shahzoda Charlz Italiyaga tashrif vaqtida, 2017 yil

Malika Diana va shahzoda Charlz Silli orolida farzandlari bilan, 1989 yil

Uilyam ukasi shahzoda Xarri (o‘ngdan) va otasi Charlz bilan, 2017 yil

Shahzoda Charlz va Kamilla

Shahzoda Charlz Bulforddagi harbiy bazada, Buyuk Britaniya, 2018 yil

Shahzoda Charlz va Kamilla, 2015 yil

Shahzoda Charlz, 2017 yil

Shahzoda Charlz Londonda Xitoy Yangi yilini nishonlash vaqtida, 2015 yil

Uels shahzodasi Charlz Irlandiya Belfastidagi tadbir vaqtida, 2010 yil

Mavzuga oid
Top