Sky News naşri qirollik xonadoniga asoslanib xabar tarqatişiça, şahzoda Çarlzning koronavirus testi ijobiy çiqdi. 

Klarens-haus xabariga köra, ayni vaqtda 71 yoşda bölgan şahzodada koronavirus infeksiyasining yengil simptomlari qayd etilgan, u özini yaxşi his qilayotgani qayd etilgan.

Şahzoda Çarlz va uning rafiqasi Kamilla, gersoginya Kornuolskaya Şotlandiyadagi Balmoral qasrida ihotalanişgan. Şahzodaning 72 yoşli rafiqasida koronavirus tasdiqlanmagan.

Klarens-hausdagilarning qayd etişiça, şahzoda Çarlz koronavirusni qayerda yuqtirganini aniqlaş imkonsiz, çunki u sönggi hafta davomida köplab ommaviy tadbirlarda iştirok etgan.

Şahzoda Çarlz onasi qiroliça Yelizaveta II bilan sönggi marta 12 mart kuni uçraşgandi.

The Sun naşrining eslatişiça, mart oyida şahzoda Çarlz Monako knyazi Alber II bilan uçraşgan, keyinroq knyazda koronavirus aniqlangandi.

Şahzoda Çarlz Britaniya taxtining birinçi da'vogari sanaladi. 

  • Buyuk Britaniya dunyoda COVID-19 koronavirusi tarqalişi böyiça öninçi örinda bormoqda. Koronavirus Britaniyadagilarning 8 mingdan ortiğida qayd etilgan, ularning 422 nafari vafot etgan, 135 kişi soğayib ketgan.