O‘zbekiston | 20:47 / 03.02.2022
8361
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi

Yangi Namangan tumanining 2-tibbiyot kolleji hamda sobiq Diagnostika markazi bino-inshootlarida Pokiston Islom Respublikasining The University of  Lahore bilan hamkorlikda Namangan xalqaro universiteti tashkil etiladi.

Foto: Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati

Namangan xalqaro universitetida tibbiyot sohasiga talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, tibbiyot, stomatologiya, farmatsevtika, IT, xalqaro huquq va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlar tashkil etilishi belgilangan.

Loyihani ishga tushirish muddati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanishi belgilanmoqda. Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat va xorijiy hamkor namunasidagi diplom beriladi. Universitetda malakali tibbiyot xodimlari yetishtiradi.

Namangan Xalqaro universitetida har yili qabul qilinadigan talabalarning 10 foizgacha o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari, 5 yil muddat ichida 600 ming dollarlik grantlarni talabalarga ajratish ko‘zda tutilgan.

Investorlar tomonidan binoni ta’mirlash uchun 5,0 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish belgilangan.

Mavzuga oid