Özbekistonda gözal va betakror manzillar köp, lekin Araşan buloq va uning atrofidagi köllardek betakror joyni topiş qiyin. Qişin-yozin 37 gradus iliqlikda çiqadigan buloq, çöponlar hayoti, dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi kölni körsatiş uçun “Manzil” loyihasi yana sayohatga otlandi.

Namangan viloyati Pop tumanida joylaşgan Araşansoy va Araşan buloq Çotqol toğ tizmasida Pop ixtisoslaşgan davlat  örmon  xöjaligi yerlari hududida joylaşgan.

Buloq atrofida Uzunköl, Yetimköl, Oynaköl va eng katta köl Tulporköl joylaşgan.

Köllarning joylaşuvi bir-biriga yaqin bölsa-da, ularning suv rangi, harorati va atrofidagi manzaralari turfa xil.

Eng yuqorida joylaşgan Tulporkölning yoniga borgan odam özini boşqa olamga tuşib qolganday his qiladi. Ming marta eşitgandan bir marta körgan yaxşi deganlaridek, körsatuvni körib bunga amin bölasiz.

Uşbu körsatuv Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun