Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi muammolar ma'lum qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotini yaxshilash, milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Mazkur yo‘nalishda respublikada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik jihatdan maqsadli hamda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasida qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
birinchidan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash bugunga qadar turli darajada tasdiqlangan agrar sohani rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilib, yagona davlat dasturi ishlab chiqilmagan;
ikkinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga aloqador vazirlik, idora va tashkilotlarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi va o‘zaro yaxlit tizimda ishlash tartibi to‘liq shakllantirilmagan;
uchinchidan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini baholash indekslari mavjud emas.
Mavzuga oid
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
20:23 / 10.12.2024
Yog‘-moy mahsulotlari eksportiga ruxsat berilishi mumkin
11:31 / 18.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti
13:41 / 02.11.2024