Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Qosimov va O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbari Ibrohim Ergashev Pokistonga tashrifi davomida Milliy qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.
Mamlakat vakillariga markaz hududida joylashgan o‘simliklar, chorvachilik, baliqchilik, poliz ekinlari, jumladan kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutlari faoliyati, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, erishilgan yutuqlar namoyish etildi.
Urug‘chilik yo‘nalishidagi loyihalar, yuqori hosildor va kasalliklarga chidamli navlarni yaratish borasidagi tadqiqotlar haqida ta’kidlandi.
Tomonlar birgalikda ilmiy tajribalar o‘tkazish, qo‘shma tadqiqot loyihalari ustida ishlash, sohaga oid ma’lumot va tajriba almashish to‘g‘risida kelishib oldi.
Shu kunning o‘zida Islomobodning eng yirik savdo markazi – Centarus Mall supermarketi ta’sischisi Sardar Yasir bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini Pokiston bozoriga olib kirish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
2025 yil fevral oyida ushbu savdo markazi hududida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etishga kelishildi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
09:05 / 13.06.2026