Iqtisodiyot | 15:18 / 05.05.2015
4947
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2015 yil birinchi choragida tadbirkorlarga qariyb 3 trillion so‘m kredit ajratildi

[caption id="attachment_37574" align="alignnone" width="620"]Toshkent manzarasi © travelca.ru Toshkent manzarasi © travelca.ru[/caption] O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish maqsadida 2015 yilning birinchi choragida kichik biznes sub'yektlariga 2,8 trillion so‘m, jumladan, 590 milliard so‘mdan ziyod miqdorda mikrokreditlar ajratildi. Bu boradagi o‘sish 2014 yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarni tashkil qildi. Shuningdek, O‘zAning qayd etishicha, xalqaro moliya institutlarining kichik biznesni rivojlantirish uchun 38,3 million dollarlik kredit liniyasi o‘zlashtirildi. Ayni paytda O‘zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg‘armasi ko‘magida qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq 14 loyiha moliyalashtirildi.