O‘zbekiston | 16:29 / 20.05.2019
5487
3 daqiqa o‘qiladi

«Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri tasdiqlanadi

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi;

geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatning tizimliligi va uzluksizligi;

geodeziya va kartografiyaga oid materiallar va ma'lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi va dolzarbligi;

geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishda o‘lchovlar birligini ta'minlash;

xaritalar va rejalarni yaratish va yangilashda birxillashtirilgan shartli belgilardan foydalanish va geografik obektlar nomlarini bir xil qo‘llash;

geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat sub'yektlari geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni amalga oshirayotganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ularning  teng huquqlarini ta'minlash;

geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik.

Geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat obektlari: O‘zbekiston Respublikasining hududi, yer sharining hududi, kosmik fazo, shu jumladan tabiiy va suniy osmon jismlari.

Geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat sub'yektlari quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi – O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

o‘z vakolatiga muvofiq geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni tartibga soluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik va jismoniy shaxslar;

geodeziya va kartografiyaga oid materiallar va ma'lumotlarni saqlovchisi bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslar;

jismoniy shaxslar – belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan mutaxassislar – geodezistlar, topograflar va kartograflar.

Mavzuga oid