Senatning bugun bölib ötayotgan ellik yettinçi yalpi majlisida “Oilaviy (maişiy) zöravonlikdan himoya qiliş çoralari kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur qonun Jahon banki tavsiyasi asosida bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zöravonlikka uçraşining oldini oliş çoralari samaradorligini oşiriş, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhit yaxşilanişini ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan.

Foto: Senat.uz

JSST ma’lumotiga köra, dunyodagi har uçinçi ayolga öz umr yöldoşi tomonidan jismoniy tazyiq ötkaziladi. Tazyiq va zöravonlik oqibatida ölim kelib çiqqan hollarning 38 foizida uning turmuş örtoği yoki u bilan birga rözğor qurib yaşayotgan şaxsning aybi böladi.

2023 yil va joriy yilning may oyiga qadar sodir etilgan 894 ta oilaviy (maişiy) zöravonlik bilan boğliq jinoyatlarning 55,6 foizi, ya’ni 506 tasi taraflar yaraşgani munosabati bilan tugatilgan. Qolgan 44,4 foizi, ya’ni 388 tasi böyiça sud tomonidan tegişli jazolar tayinlangan.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 59-2-moddasi va Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maişiy) zöravonlik qilganlik uçun javobgarlik belgilaş normasi bilan töldirilmoqda. Şuningdek, oilaviy (maişiy) zöravonlik bilan boğliq işlar yuzasidan yaraşuv töğrisidagi arizani suriştiruv va dastlabki tergov bosqiçlarida emas, sud muhokamasi paytida beriş tartibi joriy qilinmoqda.

Ya’ni oilaviy (maişiy) zöravonlik böyiça işlar yuzasidan yaraşuv töğrisidagi ariza faqat işni sudda köriş jarayonida, sud muhokamasining istalgan bosqiçida, ammo sud maslahatxonaga kirişidan oldin berilişi mumkinligi belgilanmoqda.

“Himoya orderi berilişi bu – işimiz bitdi degani emas. Bu zöravonlikka qarşi kuraşiş işining boşlanişi. Çunki jabrlangan şaxsga tibbiy, ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, moliyaviy yordam berilişi kerak böladi. Lekin zöravonga nisbatan bizda hozirça heç qanday işlar taşkil qilinmayapti. Tuzatiş dasturini işlab çiqib, individual tarzda har bir şunday şaxs bilan, bizga yot bölgan illatlarga qarşi işlaşimiz kerak. Şuning uçun bu masalaga kompleks yondaşiş lozim.