O‘zbekiston | 10:48 / 29.03.2023
8032
1 daqiqa o‘qiladi

YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat berildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: IIV

O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
  • narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.

Hujjat 28.03.2023 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid