Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MinoX - soch to‘kilishining oldini olish va o‘stirishda yordam beradi
Sog‘lom va chiroyli sochlar nafaqat ayollar, balki erkaklarga ham chiroy bag‘ishlaydi. Ko‘p hollarda erkaklar soch to‘kilishiga yoki mutaxassislar aytishicha, alopetsiyaga uchraydi, lekin bu kasallik faqat yoshi katta erkaklarda kuzatilmaydi. Yosh yigitlar ham soch to‘kilishidan qiynaladigan holatlar kam emas.
Statistikaga ko‘ra, 18 yoshdan 29 yoshgacha erkaklar 16% hollarda soch to‘kilishiga uchraydi, 40-49 yoshdagi erkaklarda esa shu kasallik yuzaga kelishining xavfi 53 foizga ko‘tariladi.
Inson tanasida odatdagi sochning yashash davomiyligi taxminan, 4-6 yilni tashkil etadi. Me'yorida bir kunda insonning ko‘pi bilan 30-100 tola sochi va tuklari to‘kiladi, agar ko‘proq soch to‘kilsa, bu kasallik rivojlanishining belgisi bo‘lishi mumkin.
Deyarli barcha erkaklar 25 yoshdan oshganda sochi to‘kilishidan havotir oladi. Bu esa ularning ko‘nglini cho‘ktiradi.
«MinoX» — keng tarqalgan, lekin juda nozik, kamdan-kam oshkora gapiriladigan muammo — soch to‘kilishining muayyan yechimidir.
«MinoX» mahsulotlari liniyasi siyraklashgan, zaif, ko‘p to‘kilayotgan sochlarni parvarish qilish uchun maxsus ishlab chiqarilgan.
Ularning asosiy qismini kaliy kanallarini faollashtiruvchi vositalar (minoksidin va minoksidil) asosida sochlarni o‘stirish uchun «MinoX» losonlari tashkil etadi.
Bu modda millionlab erkaklar va ayollarnig sochlari to‘kilishi muammosini hal qildi. Minoksidil FDA (Amerika) tomonidan androgenetik soch to‘kilishini davolash uchun dorinomasiz vosita sifatida ma'qullangan. O‘zbekistonda esa bunday soch to‘kilishini davolovchi vositalar endigina paydo bo‘ldi.
Endi siz sochlar o‘sishini rag‘batlantirish, sochlarning kuchli to‘kilishiga va sochsiz qolishga qarshi kurashish uchun ataylab ishlab chiqarilgan «MinoX» losonlarining seriyasini sotib olishingiz mumkin.
«MinoX» loson-spreyi quyidagi kompleks ta'sir kuchiga ega:
— U digidrotestosteron ta'sirini kamaytiradi va yangi sochlar o‘sishi uchun omil bo‘ladi. Natijada bu losonning qo‘llanishi follikula ichida metabolizmni faollashtiradi;
— Tomirlarning kengayishi natijasida soch ildizlarini oziqlanishi yaxshilanadi, follikula normal sochlar paydo bo‘lishi uchun tayyor holatga erishgan holda kengayadi;
— Sochlarning o‘sish fazasi (anagen) uzayadi, sochlarning hayoti davomiyligi uzoqroq bo‘ladi;
— Sochlarning ko‘p qismi degradatsiya va tinchlik (telogen) fazasidan o‘sish fazasiga o‘tadi;
— Sochlar follikulasining soni o‘sish va tinchlik fazasida muvozanati qayta tiklanadi.
Yordamchi ta'sir qiluvchi tarkibi:
— Glitserin - yumshatish xususiyatiga ega. Terini yumshatadi. Sochlar strukturasini tiklanishiga omil bo‘la oladi;
— Qichitqi o‘t ekstrakti - antiandrogen xususiyatiga ega, sochlarning qalinlashishi va pigmentasiyasi (rang tiklanishi)ga omil bo‘ladi, to‘kilishdan ogohlantiradi.
Qo‘llanish holatlari:
— Ota-onadan o‘tadigan soch to‘kilishida (androgenetik alopetsiya);
— Gormonal o‘zgarishlardan kelib chiqadigan soch to‘kilishida (difuznaya alopetsiya);
— Tug‘ruqdan keyin soch to‘kilishida;
— Tashqi faktorlar ta'sirida soch to‘kilishida (kasallik davrida yoki xar hil kimyoviy moddalarning sochga ta'sirida;
— Boshqa har xil holatlar ta'sirida.
«MinoX» losoni har xil dori preparatlar, ya'ni og‘ir yuqumli kasalliklar ta'sirida soch ildizlari o‘lganda hamda kundalik ozuqa tarkibida vitamin yetishmasligida soch to‘kilishining oldini ola olmaydi.
Agar soch to‘kilishi to‘satdan boshlangan va soch to‘kilishi aniq ko‘rinishiga ega bo‘lsa, darhol to‘kilishining oldini olish uchun «MinoX»ni qo‘llash muvofiqligini bilish maqsadida — iltimos, avval dermatolog shifokroga uchrashishingizni tavsiya qilamiz.
«MinoX 2» — ayollar uchun loson-sprey:
Tarkibida ayollar uchun eng ma'qul barcha moddalar to‘yinmasiga ega. Sochlarni to‘kilishini kamayishi va o‘sishiga yordam berish uchun tavsiya etilgan.

«MinoX 5» — erkaklar uchun loson-sprey:
Tarkibida erkaklar uchun eng ma'qul barcha moddalar to‘yinmasiga ega. Erkaklarning har xil turdagi soch to‘kilish yoki kamayishini oldini olish uchun tavsiya etiladi. Erkaklarning soch to‘kilishini davolash uchun erkaklarda soch o‘sishi xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan.

Qo‘llash kursi:
«MinoX» loson-spreyi faqatgina tashqi qo‘llanish uchun ishlab chiqilgan. Uni 1 ml dozada sutkasiga 2 marta, ya'ni ertalab va kechqurun, quruq bosh terisiga 6-7 marta flakon ustidagi qopqog‘iga bosib, soch to‘kilgan joylarga sepib, qo‘l barmoqlari yordamida 1 daqiqa surtiladi.
Misol uchun, ertalab boshingizni yuvib, 15 daqiqadan keyin, bosh terisi quriganidan so‘ng «MinoX» losonini surtasiz va ishingizga borasiz, ishdan kelganizda boshni yuvmasdan «MinoX» losonini yana surtasiz va ertalabgacha yuvmaysiz. Har kun shunday rejimdan foydalanasiz.
«MinoX» bosh terisida 30 daqiqada quriydi — yuvish zarur emas. Qo‘llanish davomiyligi 5-6 oydan kam bo‘lmasligi kerak. Bu muddat sochlarning to‘kilishini kamayishi va yangi sochlar o‘sib chiqishi uchun yetarli deb hisoblanadi. Qo‘llash kursini har 6 oyda qaytarish mumkin.
Agar soch to‘kilishining sababi aniqlanmagan yoki uni oldini olishning imkoni yo‘q bo‘lsa, ya'ni androgen alopetsiya — ota-onadan, avloddan avlodga o‘tgan soch to‘kilishida «MinoX»ni har doim qo‘llab borish tavsiya etiladi.
Ota-onadan, avloddan avlodga o‘tgan soch to‘kilishin davolashda «MinoX» losonidan foydalanib, sochingizning umrini uzaytirasiz. Agar sochingizning ildizi qurib o‘lmagan bo‘lsa, 4-6 oyda sog‘lom o‘sishni boshlaydi. Lekin bu vaziyatda losonni qo‘llash to‘xtatilsa, soch avvalgi holatiga qaytib, yangi o‘sib chiqqan sochlar to‘kilib ketish ehtimoli bor.
Agar sochingizning ildizi qurib o‘lgan bo‘lsa, 4-6 oyda natija bo‘lmasa, «MinoX» ishlatishni to‘xtatasiz. Agar soch to‘kilishi va yaralishi turg‘un xarakterga ega bo‘lsa, losonni har doim qo‘llash yoki uzoq muddatli kurslar olib borilishi natijasida sochlarning davomiy o‘sib chiqishini ta'minlaydi.
Ta'sir etish ehtimoli:
Losonni qo‘llashning boshida sochlar to‘kilishi ko‘payishi ham mumkin. Bu soch ildizidagi modda almashinuvi tezlashishi jarayonida yuzaga kelgan normal holat hisoblanadi. Shu tariqa boshdan eski soch tolalari, ya'ni yaqin 2 oy davomida to‘kilishi lozim bo‘lgan sochlar to‘kilib, o‘rniga yangi mustahkam sochlar o‘sib chiqadi.
Soch to‘kilishi vaqtinchalik holat bo‘lib, 4-5 hafta davomida kuzatilsa, keyingi 2 hafta davomida soch to‘kilishi asta-sekin to‘xtab boradi. Agar follikulalarning (sochning ildizi) ko‘proq qismi loson ta'siri ostida o‘sish davri (anagen fazasi)ga o‘tsa, soch o‘sishi kuchayadi.
Bog‘lanish uchun ma'lumotlar:
Telefon: +998-95-1430802 / +998-95-1430801
Sayt: http://minox.uz/
Filiallar
Farg‘onada
+998-73-2442428
Qo‘qonda
+998-93-7345151
Andijonda
+998-91-1760088
+998-95-2039669
+998-94-3870550
Namanganda
+998-94-3085522
Sirdaryoda
+998-91-1033135
Qashqadaryoda
+998-91-9493353
Samarqandda
+99890-600-98-66
Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan. Xizmatlar litsenziyalangan.