17:42 / 02.07.2021
20397

O‘zbekistonda uy-joy narxi 5 foizga qimmatladi

O‘zbekistonda 2-chorakda uy-joy narxi 1-chorakka nisbatan 5 foizga qimmatlagan. Bu pandemiya davrida “kechikkan talab” omili bilan izohlanmoqda.

Markaziy bank Pul-kredit siyosati boshqarmasi mutaxassisi R. Yakovlevga ko‘ra,  joriy yilning aprel oyidan iyungacha O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni sotish va sotib olish shartnomalari bo‘yicha yanvar-mart oylariga nisbatan 38 foiz ko‘proq bitimlar tuzilgan. Ularning uchdan bir qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlarning umumiy sonida hududlar ulushi

Manba: e-notarius.uz - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Elektron notarius" rasmiy veb-sayti

Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar oshdi. Joriy yilning ikkinchi choragidagi dastlabki natijalar shuni ko‘rsatdiki, respublikada narxlar o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5,72 foizga o‘sgan. Uy-joy narxlaridagi o‘sish O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuzatilgan.

Manba: uybor.uz va olx.uz ko‘chmas mulk platformasi saytlari ma'lumotlari  asosida

Pandemiya va karantin davrida majburiy cheklovlar rejalashtirilgan xaridlarning keyinga qoldirilishiga olib keldi (“kechiktirilgan talab”ning ta'siri).

Markaziy bank mutaxassisining tahlillariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorining talab darajasida faollashishi, poytaxtdan uy-joy sotib olishdagi ma'muriy to‘siqlarni bartaraf etish narxlarning ko‘tarilishiga ham ta'sir ko‘rsatgan.

«Uy-joy bozorida narxlarning haddan tashqari yuqorilaganini tushunish muhim. Absolyut ko‘rsatkichlarda o‘rtacha uy-joy narxlari eng past narxlarda bo‘lishiga qaramay, turmush darajasini hisobga olgan holda, mamlakatda uy-joy narxi MDH davlatlari va Gruziya bilan taqqoslaganda hali ham yuqori.

Shunday qilib, O‘zbekiston poytaxtidagi ko‘chmas mulk o‘rtacha narxining aholi jon boshiga YaIMga nisbati (sotib olish qobiliyati paritetida) 12 foizni tashkil etadi. Bu Moskva (Rossiya) - 15,8 foiz va Bishkek (Qirg‘iziston) - 13,4 foizdan keyin uchinchi ko‘rsatkichdir.

Nisbatan past ko‘rsatkichlar Nur-Sulton (Qozog‘iston) va Tbilisi (Gruziya)da qayd etilgan, mos ravishda 3,3 foiz va 6,4 foiz» – deyiladi mutaxassis tahlilida. 

Covid-19’ga qarshi kurashish uchun mamlakatlar tomonidan belgilangan qat'iy choralar tufayli uy-joy bozori bir muddat to‘xtab qoldi.

O‘tgan yilning uchinchi choragida shakllangan “kechiktirilgan talab” tufayli tiklana boshladi. Shu sababli butun dunyoda uylar narxi eng yuqori sur'atlarda o‘sib bormoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 12 oy davomida uy-joy ko‘chmas mulk bozorlari o‘zlarining barqarorligini namoyish etishda davom etgan holda, narxlarning o‘rtacha o‘sishi 2021 yil martgacha 7,3 foizga yetdi. 

Top