Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkni sotish uchun mustaqil ravishda internetda e’lon berish taqiqlanmaydi
Davaktivga ko‘ra, taklif etilayotgan “Riyeltorlik to‘g‘risida”gi qonun mustaqil ravishda tuziladigan ko‘chmas mulk bitimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday talqinni keltirib chiqargani uchun qonun loyihasining 27-moddasi qayta ishlanadi.
Foto: Kun.uz
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ijtimoiy tarmoqlarda “Riyeltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan bildirilayotgan fikrlarga munosabat bildirdi.
“Qonun loyihasining 3-moddasida ushbu qonunning amal qilishi ko‘chmas mulk mulkdorlari o‘zlari mustaqil tuzadigan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilgan”, deyiladi rasmiy munosabatida.
Shu bilan birga, qonun loyihasining 27-moddasi qoidalarining tahriri qayta ishlanadi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 11- va 12-moddalari talablariga, shuningdek, ko‘chmas mulk egalari manfaatlari va qonunchilik texnikasiga muvofiqlashtiriladi.
Avvalroq, “Riyeltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasida fuqarolarga o‘z uyini sotish uchun internetda mustaqil e’lon berish taqiqlanishi mumkinligi ko‘zda tutilayotgani xabar qilingandi.
Xususan, ushbu qonun loyihasining 27-moddasida quyidagicha yozilgan:
“Jismoniy yoki yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obektlarini reklama qilish va e’lonlari, shu jumladan butunjahon axborot tarmog‘i internetda yoki ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida joylashtiriladiganlari, ko‘chmas mulk mulkdorlari tomonidan faqat riyeltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar orqali bepullik asosida amalga oshiriladi”.
Mavzuga oid
08:37 / 05.02.2026
Ko‘chmas mulklar ommaviy baholashdan o‘tkaziladi
16:20 / 29.01.2026
Hududlar kesimida uy-joy qurilishi: Toshkent viloyati, Xorazm va Farg‘ona peshqadam
10:23 / 28.01.2026
Yashab turgan uyini berib, ko‘chada qolganlar ham bor: Toshkentda yana bir quruvchi mijozlarini sarson qilmoqda
18:23 / 27.01.2026