Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yil boshidan buyon ijara narxi o‘rtacha 2,2 foizga pasaydi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori barqarorligicha qolmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida shu haqda ma’lumot taqdim etildi.
Foto: Kun.uz
Yanvar oyida O‘zbekistonda qariyb 22 mingta uy-joy sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga ko‘pdir.
Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon poytaxtda ijara narxi o‘rtacha 2,2 foizga pasaydi va 1 kvadrat metr uchun 9 dollarni tashkil etdi.
Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijara haqi sezilarli darajada pasaygan, bu hududlarda ijara narxi 5 foizdan ko‘proqqa arzonlashgan.
Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6 foizga o‘sdi. Yillik hisobda ikkilamchi bozor 18 foizga oshdi.
O‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi bozorning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi.
Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmadi va bir kvadrat metr uchun 1122 dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026