07:40 / 06.11.2018
7667

Muhojirlar karvonida 2 mingdan ko‘proq odam Meksika poytaxtiga yetib keldi

Foto: REUTERS/Hannah McKay

Markaziy Amerikadan AQSh tomon yo‘l olayotgan muhojirlarning 2 mingdan ko‘prog‘i Meksika poytaxti Mexikoda vaqtinchalik lagerda joylashtirildi.

Ma'lum qilinishicha, muhojirlar karvoni asosan erkaklardan tashkil topgan, ayollar unda 30 foizni tashkil qilmoqda. Ayollardan 20 foizi 18 yoshdan kichiklardir.

“Biz ular bilan qonunga ko‘ra munosabatda bo‘lamiz. Qonunga ko‘ra bunday odamlarga yordam berishimiz kerak”, deb aytgan inson huquqlari bo‘yicha komissiya rahbari Nashiyeli Ramires. Hafta o‘rtalariga kelib lagerda muhojirlar soni 5 minggacha ko‘payishi mumkin.

Muhojirlar AQSh yoki Meksikada boshpana olishga umid qilishmoqda.

Mavzuga oid
Top