Mexiko şahri kongressi 2020 yildan plastik paketlardan foydalanişni taqiqladi.
Qattiq çiqindilar töğrisidagi qonunga kiritilgan özgarişlarga muvofiq, körsatilgan muddatdan boşlab plastik paketlarni sotiş, tarqatiş va foydalaniş taqiqlanadi. Şu bilan birga, 2021 yil yanvaridan boşlab şaharda içimlik içişga möljallangan nayçalar, bir marta işlatiladigan plastik vilka, qoşiq va likoplardan foydalaniş taqiqlanadi.
Şuningdek, plastik şarçalar, ovqat taşiş uçun möljallangan bir martalik plastik konteynerlar va tarkibida plastik bölgan tamponlar ham taqiq ostiga tuşdi.
Meksika ançadan buyon kundalik hayotda plastik buyumlardan foydalanişga qarşi kuraşib keladi. Xususan, mamlakatda bioparçalanuvçi xomaşyodan tayyorlangan bir martalik çiqindi paketlari hamda avokado danaklaridan tayyorlangan bir martalik idişlardan keng foydalaniladi.

















