Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada metro ko‘prigi quladi. Qurbonlar ko‘p
Mahalliy OAVning yozishicha, 2017 yildagi zilziladan so‘ng ko‘prik konstruksiyasida uchta yoriq paydo bo‘lgan.
Meksika poytaxti Mexiko shahrida 12-metro yo‘lidagi ko‘prik qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishilar jarohatlandi, deb xabar berdi BBC.
Xabarda aytilishicha, hodisa Mexiko janubi-sharqida, Olivos va Tesonko stansiyalari hududida sodir bo‘lgan. 65 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Mexiko meri Klaudiya Sheynbaum qurbonlar orasida bolalar ham borligini xabar qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, jarohatlanganlarning yetti nafari og‘ir ahvolda. Qurbon bo‘lganlar soni oshishi mumkin, chunki ayrimlar vayronalar ostida qolgan.
Meksika ichki ishlar vaziri Alfonso Suares Del Realning ma'lumot berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 22:25da poyezdning ikkita vagoni ko‘prikdan pastga qulagan.
Poyezdning qolgan qismlari ham pastga qulashi xavfi sababli qutqaruv ishlari to‘xtatilgan.
Mahalliy OAVning yozishicha, 2017 yildagi zilziladan so‘ng aholi ko‘prik konstruksiyasida uchta yoriq paydo bo‘lgani haqida xabar qilgan. El Universal gazetasining xabariga ko‘ra, shundan so‘ng ko‘prikda ta'mirlash ishlari olib borilgan.
Mexiko metrosi dunyodagi eng yirik tezyurar transport tizimlaridan biri bo‘lib, yiliga 1,6 mlrd nafarga yaqin yo‘lovchi tashiydi.
O‘tgan yil martida Mexiko metrosida ikki poyezd to‘qnashishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan va 40 kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
23:31 / 18.03.2026
Hayit kuni Toshkent shahrida jamoat transporti o‘z ishini soat 4 dan boshlaydi
15:06 / 14.02.2026