15:29 / 27.03.2019
9366

Donald Tramp besh yil ichida amerikaliklarni Oyga jo‘natishni talab qildi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp NASA’ga yaqin besh yil ichida qanday bo‘lmasin odamlarni Oyga jo‘natish topshirig‘ini berdi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma'lum qildi.

Pensning so‘zlariga ko‘ra, Tramp NASA va uning rahbari Jim Braydenstaynga bunga qanday qilib bo‘lmasin erishish topshirig‘ini bergan.  

Avvalroq AQSh 2028 yilda Oyga odamlarni yana jo‘natishga umid qilayotgani aytilgandi.

NASA rejasiga ko‘ra, amerikaliklarning Oyga qo‘nishi 2020 yildan so‘ng amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top