07:24 / 11.04.2019
3364

Jazoir prezidenti saylovlari sanasi belgilandi

Foto: REUTERS

Jazoir prezidenti lavozimini vaqtinchalik egallayotgan Abdulqodir Binsaloh mamlakatda prezident saylovlari 4 iyulda bo‘lib o‘tishini e'lon qildi. Qaror Jazoir poytaxtidagi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari ortida qabul qilindi. Namoyishchilar Jazoir prezidenti saylovlari haqqoniy o‘tishini ta'minlash uchun Binsaloh va sobiq prezident Abdulaziz Butafliqaning barcha safdoshlarining iste'foga ketishini talab qilishmoqda.  

Avvalroq mamlakat parlamenti 2 aprelda iste'foga ketgan Butafliqa o‘rniga Binsalohni vaqtinchalik prezident etib tayinlagandi. Jazoirdagi inqiroz fevral o‘rtalarida 1999 yildan beri mamlakatni boshqarib kelgan va oxirgi yillar salomatligi yomonlashgan Butafliqa 5-prezidentlik muddatiga nomzodini ilgari surishini ma'lum qilgandan keyin boshlangandi. 

Mavzuga oid
Top