10:20 / 22.05.2019
4505

Benzema ilk marta «Real»ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

«Real» hujumchisi Karim Benzema jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu munosabat bilan unga maxsus sovrin topshirildi.

«Juda ham baxtiyorman, chunki jahondagi eng yaxshi klub safida birinchi marta bu sovrinni qo‘lga kiritdim. Mavsum biz uchun oson kechmadi, lekin keyingi mavsumda harakat qilib, barcha sovrinlarni yutmoqchimiz», – deya munosabat bildirdi Benzema.

Klub rasmiy saytida qayd etilishicha, Karim noyabr, yanvar, mart va aprel oylari klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

31 yoshli hujumchi bu mavsum klubning 53ta o‘yinida maydonga tushib, 30ta gol urdi va 7ta golga hammuallif bo‘ldi.

Avvalroq u Fransiya futbolchilar kasaba uyushmasi tomonidan xorijdagi eng yaxshi fransiyalik futbolchi deb e'tirof etilgandi.

Top