Osiyo çempionlar ligasida yangi mojaro avj olmoqda. Saudiyaning tarkibida Karim Benzema va Ngolo Kante kabi yulduzlar bölgan «Al-Ittihod» jamoasi muxlislar tribunalarga kirib bölganidan keyin stadiondan çiqib ketdi. Endi bu jamoaga 0:3 hisobidagi texnik mağlubiyat xavf solmoqda.

Nimalar böldi?

OÇL guruh bosqiçining 2-turi doirasida S guruhida Sepahon» va «Al-Ittihod» klublari uçraşuvi Erondagi «Naqş-e Jahon» stadionida ötkazilişi belgilangandi. Ammo öyin boşlanişi arafasida siyosiy xarakterdagi muammo borligi ma’lum böldi — arenaga general Qosim Sulaymoniyning byusti örnatilgandi. Bu esa Saudiya klubini norozi qildi — jamoa öynaşdan boş tortdi va aeroportga yöl oldi.

Britaniya matbuoti yozişiça, «Al-Ittihod» öyindan bir kun oldin stadionda maşğulot ötkazgan va Sulaymoniyning byustini körmasligi mumkin emasdi (ayrim manbalar esa maşğulotlar boşqa stadionda ötganini aytişgan). Saudiyaliklar bu yerda öynamoqçi emasligi haqida öyin boşlanişiga 50 daqiqa qolganidagina xabar berişgan — bu vaqtga kelib «Naqş-e Jahon» stadionida 60 mingga yaqin kişi töplanib ulgurgandi. Bu vaqtda mehmonlar boş murabbiyi Nunu Eşpiritu Santu öyin uçun boşlanğiç tarkibni e’lon qilgan — klubning ijtimoiy tarmoqlarida esa şunday post qoldirilgandi: «Jamoa stadionga yetib keldi! Hayajonga töla yuraklar va olovlanayotgan futbolkalarda biz maydonni zabt etiş va öz izimizni qoldirişga tayyormiz!»

«Sepahon» stadionida general Qosim Sulaymoniyning byusti 

Sulaymoniy bilan qanday muammo bor?

General Qosim Sulaymoniy — Saudiya Arabistonida nafratga, Eronda esa haqiqiy qahramon sifatida izzat-ikromga sazovor bölgan. U Erondagi elita harbiy bölinma sanalgan Islom inqilobi muhofizlari korpusining közga köringan arboblaridan edi va xorijdagi amaliyotlarni boşqargani, Yaqin Şarqda josuslik tarmoğini taşkil etgani bilan şuhrat qozongan hamda mintaqadagi eng katta ta’sir doirasiga ega şaxs sifatida tan olinardi.

OAV ma’lumotlariga köra, Sulaymoniy Saudiya Arabistonining Vaşingtondagi elçixonasiga hujum uyuştirişda ham iştirok etgan va buning uçun AQŞ uni terrorçilar röyxatiga kiritgan. Tabiiyki, general saudiyaliklarni yoqtirmagan — saudiyaliklar ham uni duşman sifatida körgan. Şunday ekan, «Al-Ittihod»ning bunday reaksiya qilişi kutilgan hol edi.