15:24 / 04.06.2019
6377

Kosonda bolajonlarga quvonch ulashildi– foto

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Koson tumani markazidagi Amir Temur istirohat bog‘ida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga tumandagi 53 nafar chin yetim va 88 nafar imkoniyati cheklangan  hamda 1850 nafar bolajonlar jalb etildi. Ularga sovg‘alar ulashildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan o‘tkazilgan marafonda 1200 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolajonlarga qo‘g‘irchoq teatrining chiqishlari namoyish etildi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan «Gullar va qushlar» hamda kitob sayli o‘tkazildi.

Bayram shukuhi tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalarida ham davom etdi. «Ko‘zmunchoq» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida «Beg‘ubor bolaligim» aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu aksiyada nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalanayotgan 150 nafar bolajonlar ishtirokida rus, ingliz tillarida bellashuvlar tashkil etildi.  

Shuningdek, bayram kuni «Nartibaland» va«Sherbek» mahallalarida yangi uy bog‘chalari ochildi.

 

Top