Joriy yilning 28 avgust kuni soat 15:15larda, Qaşqadaryo viloyati Koson tumani hududidan ötgan 4K-339 “Qarşi aylanma yölining” 6-kilometrida yöl-transport hodisasi röy berdi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 2000 yilda tuğilgan N.Ş. “Damas” rusumli avtomobilni “Obdida-Xöjaqörğon” köçalari kesişgan çorrahada, ikkinçi darajali yöldan boşqarib kelib, asosiy yöldan harakatlanib kelgan haydovçi, 1991 yilda tuğilgan B.U. boşqaruvidagi “Kamaz-5320” rusumli yuk avtomobilini ötkazib yubormasdan, öng tomon oldi qismiga borib urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Damas” avtomobili haydovçisi, 20 yoşli N.Ş. voqea joyida, uşbu avtomobil yölovçisi, 18 yoşli A.J. şifoxonada vafot etgan. “Kamaz” yuk avtomobili haydovçisi, 29 yoşli B.U. va yölovçisi, 18 yoşli A.O. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan hodisa sodir bölgan kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barça haydovçilardan yöl belgilari va çiziqlari talablariga rioya qilgan holda harakatlanişlarini, özi va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.