Kun.uz suriştiruvidan söng Xalq deputatlari Koson tumani kengaşining 2024 yil 11 yanvardagi noqonuniy qarori bekor qilinadigan böldi. Holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.
Ma’lum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyati Adliya boşqarmasining taqdimnomasi va şunga asosan viloyat hokimining topşiriği bilan xalq deputatlari Koson tuman kengaşining 2024 yil 11 yanvardagi VI-98-11-4-60-K/24-sonli qarorini bekor qiliş böyiça xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyat kengaşiga qaror loyihasi kiritilgan.
Hokimlik rasmiy munosabatida qonunçilikka zid ravişda mahalliy kengaş qarorini tayyorlab, huquqiy jihatdan qöpol xatoga yöl qöyganlarga qanday çora körilişi oçiqlanmagan.
Oldinroq Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev mahalliy kengaş qarori bilan 1 ta boğdorçilik, 1 ta çorvaçilik hamda 46 ta paxta va ğallaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalik yerlarini tuman zaxirasiga qaytargani, uning bu harakati prezidentning ikkita farmoniga zidligi xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev ötgan yili yiğilişda rözadorlar oğzini majburan oçdirgani hamda mahalla raislarini soliq yiğişga majburlab, haqoratlagani bilan OAV e’tiboriga tuşgandi. 2020 yilning dekabrida Asrol Boyqorayevning Captiva rusumli xizmat avtomaşinasi 60 yoşli Şerali Jumaqulovni urib yuborgan va fuqaro voqea joyida vafot etgandi. Köp ötmay uşbu YTHda paçaqlangan Captiva yangisiga almaştirilgandi.

















