17:09 / 29.08.2019
0
7810

Pokiston ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Foto: AFP

Pokiston harbiylari yadroviy jangovar kallak tashuvchi, yer-yer toifasidagi "G‘aznaviy" ballistik raketasi sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari matbuot kotibi Asif G‘afur ma'lum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, "G‘aznaviy" turli jangovar kallaklarni 290 kilometrgacha masofaga yetkazishi mumkin.

"G‘aznaviy" raketasi og‘irligi 700 kilogrammgacha bo‘lgan yadroviy jangovar kallaklarni tashishga mo‘ljallangan.  

Sinovlar Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishi ortidan o‘tkazildi. 

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top