15:08 / 03.10.2019
0
6621

AQShda mashg‘ulotlar vaqtida 20dan ortiq harbiy jarohat oldi

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

AQShning Missisipi shtatidagi “Shelbi lageri” harbiy bazasida havo-desant o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida 20 dan ortiq harbiy xizmatchi jarohatlandi. Bu haqda WDAM telekanali xabar berdi.

Harbiy baza qo‘mondoni Bobbi Jinning ma'lum qilishicha, 4-brigada askarlari samolyotda parashyutdan sakrayotgan vaqtda kuchli shamol ularni belgilangan qo‘nish nuqtasidan daraxtlar tomonga olib ketgan. Askarlar yerga qo‘nish o‘rniga daraxtlarga urilib yuqorida qolib ketishgan.

Xabar qilinishicha, voqea oqibatida 22 kishi jarohatlangan, yetti kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top