10:51 / 05.10.2019
0
6314

Soliq tekshiruvlari sohasida risklarga asoslangan yondashuvni joriy etish rejalashtirilmoqda

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon bankining missiyalari, soliq ma'muriyatchiligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 25 sentyabridan 5 oktyabriga qadar Toshkent shahrida tashrif bilan bo‘ldi.

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tashrif doirasida, 4 oktabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi bilan hamkorlikda soliq tekshiruvlari sohasida ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan soliq tekshiruvi qonunga bo‘ysunadigan soliq to‘lovchilarni qo‘rqitish uchun vosita emas, aksincha ularning asosiy vazifasi soliq qonunchiligiga ixtiyoriy rioya qilishni rag‘batlantirish ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Respublikada qo‘llaniladigan an'anaviy yondashuvda qonunchiligiga rioya qiluvchi soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvi o‘tkaziladi, bu esa inson resurslaridan samarasiz foydalanish hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, riskka yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etish soliq to‘lovchilarning qonunchilik talablariga rioya qilmaslik hollarini aniqlashning eng optimal usullaridan biri.

Ta'kidlanganidek, ekspertlar tomonidan inson aralashuvisiz, risk-tahlil natijalari asosida tekshiruv obektlarini aniqlovchi dasturlar yaratilmoqda va eng yaxshi amaliyot sifatida ko‘rilmoqda.

Kompyuterlashgan baholash tizimida statistik va statistik bo‘lmagan usullar, shu jumladan regressiya tahlil va ma'lumotlar ma'lumotlarni taqqoslash usullari qo‘llaniladi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday tizimning asosiy afzalliklari quyidagilardir:

katta ma'lumotlar bazalarini boshqarish va samarali ishlash;

tekshiruvlarni o‘tkazishda oshkoralikni va shaffoflikni oshirish.

Umuman olganda, xorijiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, yangi yondashuv, avvalo, avvalo, «vijdonli» soliq to‘lovchilarning ishonchini mustahkamlaydi, soliq tekshiruvi o‘tkaziladigan shubhali soliq to‘lovchilarni aniqlashda ma'muriy xarajatlarni kamaytiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top