130ta davlat yirik korporatsiyalar uçun xalqaro soliq tizimi kiritilişini ma'qulladi. Bu haqda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) ma'lum qildi.

Rejaga köra, korporatsiyalar uçun yagona soliq minimal stavkasi 15 foizni taşkil etadi. Tizim işlaşi uçun mamlakatlar tegişli qonunlarni qabul qilişi lozim.

«Uşbu tizim yirik transmilliy korporatsiyalar öz faoliyatini yuritadigan va daromad oladigan joyda soliq tölaşi tartibini ta'minlaşga qaratilgan», deb aytilgan taşkilot saytida.

OECD’ning ta'kidlaşiça, davlatlar yetarli miqdorda soliq olmasligi tufayli yiliga 100 mlrd dollardan 240 mlrd dollargaça mablağ yöqotadi. «Köp yillik jadal iş va muzokaralardan keyin uşbu tarixiy kelişuv yirik transmilliy korporatsiyalar tomonidan hamma yerda adolatli soliq tölanişini ta'minlaydi», deb aytgan OECD boş kotibi Matias Korman.