18:33 / 18.11.2019
0
12694

Hindistondagi ko‘l yaqinida bir hafta ichida o‘n mingdan ortiq qush o‘ldi

Mutaxassislarning fikricha, Hindistondagi Sambxar ko‘li yaqinida 10 mingdan ortiq qush "qush botulizmi"dan halok bo‘lgan. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Telekanalning qayd etishicha, qushlarning aksariyati bu yerga qishlash uchun kelgan. Avvalroq ular qush grippidan o‘lgan deb hisoblanayotgandi.

Endi esa mutaxassislar qushlar zaharli moddalardan zaharlanish oqibatida yuzaga keladigan "qush botulizmi" kasalligidan halok bo‘lganini aytishmoqda.

Ko‘l yaqinida favqulodda vaziyatlar vazirligining 70 nafar mutaxassisi ish olib bormoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top