"Markaziy Osiyo – Hindiston" ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Hindiston Savdo va sanoat palatalari federatsiyasi (Federation of Indian Chambers of Commerce and Industry – FICCI) vakillari o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, onlayn-muloqotda "Markaziy Osiyo – Hindiston" ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston ishbilarmon doiralari vakillarining mazkur muloqot platformasi 2020 yil aprel oyida tashkil etilgan. Shu paytgacha uning yig‘ilishlari ikki marta o‘tkazilgan.
FICCI vakillari o‘zbek zamini qabul qilayotgan navbatdagi anjumanga Hindiston tadbirkorlari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgani hamda turli yo‘nalishdagi yetakchi kompaniyalar mutaxassislaridan iborat salmoqli tarkibdagi delegatsiya shakllantirilayotganini ma’lum qildi.
Tomonlar joriy yilgi tadbirni yoz faslida o‘tkazish hamda tez kunlarda Markaziy Osiyo davlatlari vakillarini jalb etgan holda uning tashkiliy jihatlarini batafsil muhokama qilishga kelishib oldi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli tarzda faollashgani kuzatilmoqda. Xususan, 2023 yil o‘zaro tovar ayirboshlash qariyb 760 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ammo bu ko‘rsatkich ikki tomonlama savdoning mavjud salohiyatini aks ettirmaydi. Shu bois ikki davlat rahbarlari yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishni vazifa qilib qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06
-
Rossiya va Ukraina bir-birini energetika obektlariga zarba berishda davom etayotganlikda aybladi
Jahon | 22:54
-
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Jahon | 22:39
Mavzuga oid

20:44
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi

22:09 / 26.03.2025
Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

11:39 / 25.03.2025