15:38 / 02.12.2019
0
28784

Bobur Parpiyev: «Xorijiy hamkorlar bilan fintex instrumentlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazyapmiz»

Foto: KUN.UZ

 Londonda o‘tgan UzInvest forumida O‘zbekiston hukumati rasmiylari va xalqaro tashkilotlar ekspertlari, shuningdek ko‘plab mahalliy va xorijiy biznesmenlar ishtirok etdi.

 «Glaziers Hall»da o‘tgan anjuman davomida Kun.uz muxbiri «Orient Finans Bank» boshqaruv raisi Bobur Parpiyev bilan suhbatda bo‘ldi.

 «Forumda bank sohasi yuzasidan alohida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan uch yilda O‘zbekistondagi banklarning qanday rivojlangani, qanaqa imkoniyatlar yaratilgani va oldimizda turgan qiyinchiliklarni muhokama qildik. Forum ishtirokchilari avvalo bir jihatga e'tibor qaratishdi, ya'ni bank sohasi – iqtisodiyotning lokomotivi hisoblanadi. Iqtisodiyot rivojida banklarning alohida o‘z o‘rni bor.

 Forum davomida ko‘plab xorijiy hamkorlar bilan suhbatda bo‘ldik. Xorij kompaniyalari vakillari O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqish bildirishayotganini aytishdi. Oldimizga qo‘ygan maqsadlardan birinchisi ham xorijiy hamkorlar bilan uzoq muddatli va arzon kredit liniyalarini jalb qilishdir.

Bobur Parpiyev Shveytsariyaning "Temenos" kompaniyasi loyiha boshqaruvchisi Jon Shlezinger bilan.

 Bundan tashqari, xorijlik hamkorlar bilan bank sohasidagi yangi fintex instrumentlarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Bular haqida ommaviy axborot vositalari orqali albatta ma'lum qilamiz», – deydi Parpiyev.

OFB rahbari mijozlarga masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash ustida ish olib borilayotgani, jumladan bankning yangi mobil ilovasi yil oxirigacha tayyor bo‘lishini ma'lum qildi.

 Ma'lumot uchun, Orient Finans Bank XATB – O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan. 2010 yilda faoliyat boshlagan bank bugunga kelib 8 247ta korporativ va 300 mingga yaqin xususiy mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Shu yil noyabr oyida S&P Global Ratings OFB`ning uzoq muddatli reytingini «B-»dan «B»ga oshirdi; «ijobiy» reytingning o‘zgarishi prognozi bilan qisqa muddatli reytingni «B» bosqichida tasdiqladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top