Maktablarda moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi
O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishning 2 yillik strategiyasi tasdiqlandi. Unda muqobil bank xizmatlarini joriy etish, fintex kompaniyalar kirib kelishiga sharoit yaratish, masofadan identifikatsiya qilishni rivojlantirish kabilar ko‘zda tutilgan.

Foto: "Trastbank"
O‘zbekistonda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Strategiyaga asosan, umumta'lim muassasalarida va noiqtisodiy yo‘nalishdagi ta'lim muassasalarida “Moliyaviy savodxonlik” o‘quv dasturi joriy etiladi.
Shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.
Kelgusi yillarda banklarning xizmat ko‘rsatish nuqtalarini kengaytirish, bank xizmatlarini yetkazishning muqobil yo‘llarini joriy etish va bank agentlari tarmog‘ini yaratish orqali bazaviy moliyaviy xizmatlar qamrovini oshirish ko‘zda tutilgan.
Bozorga yangi fintex kompaniyalarning kirib kelishiga qulay shart-sharoitlar yaratish, masofadan identifikatsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘yish, milliy to‘lov tizimini modernizatsiya qilish orqali raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish belgilangan.
Shuningdek, tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan turli moliyaviy vositalarni rivojlantirish va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish orqali kichik tadbirkorlik sub'yektlarini moliyalashtirishni kengaytirish nazarda tutilgan.
Strategiya asosida moliyaviy mahsulot va xizmatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shikoyatlar va nizolarni hal qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish orqali moliyaviy xizmatlar iste'molchilari huquqlari himoyasini kuchaytirish ishlari ham olib boriladi.
Hujjatda aholining barcha qatlamlari, jumladan, yetarli darajada moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olinmagan, kam daromadga ega, qishloqlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar hamda kichik biznes sub'yektlari uchun sifatli moliyaviy mahsulot va xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud tizim yaratish belgilangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

20:17 / 21.03.2025